Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi

 Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi 

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati R.Urakov o‘z hududidagi Xonobod mahallasida oilaviy muhitni yaxshilash va ajrimlarning oldini
olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
 

  Unda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etib, hududdagi oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish borasida fikr almashildi. 

  Uchrashuv davomida oilalardagi kelishmovchiliklarni barvaqt aniqlash, muammolarni joyida hal etish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga
psixologik hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
 

  Mahalla faollari tomonidan aholi bilan muntazam muloqot o‘rnatish, tushuntirish ishlarini kuchaytirish orqali ajrimlar sonini kamaytirish
bo‘yicha takliflar bildirildi.
 

  Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kuchaytirish va aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 2