Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

 Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish
va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, kuchlanish pastligi hamda ayrim hududlarda elektr tarmoqlarining eskirganligi bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi. Deputat tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan birgalikda mavjud holatni o‘rganib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflarni tingladi. Muammoning kelib
chiqish sabablari tahlil qilinib, uni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shunga muvofiq, mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan tezkor ta’mirlash ishlari olib borilib, nosoz elektr uskunalari almashtirildi, tarmoqlardagi kamchiliklar bartaraf etildi hamda elektr ta’minoti barqaror holatga keltirildi. Natijada, mahalladagi elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar bartaraf etildi va aholiga sifatli elektr ta’minoti yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. 

Slide 1 of 3