Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026 yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalarga muvofiq, "Nogironligi mavjud fuqarolarga berilgan imtiyozlar va ijtimoiy xizmatlarning amalda qoʻllanishini oʻrganish" maqsadida deputat D.Rustamova tomonidan “Anorzor” mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ular uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, bepul tibbiy xizmatlar, dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi imtiyozlardan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlardan to‘liq foydalanish tartiblari haqida zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, fuqarolarga bepul dori vositalari tarqatilib, ular uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tashabbus fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 2