Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 1–“Oqoltin” saylov okrugidan saylangan deputati Choriyeva Dilfuza tomonidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov harohligida 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar JADVALIga asosan tumandagi “Muzrabot darvoza” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida ishtirokchilarga hozirgi kunda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar imtiyozlar, imkoniyatlar, qabul qilingan qonun xujjatlarining mazmun-mohiyati va prezidentimiz tomonidan sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlar haqida, davlat rahbarimizning chet el mamlakatlariga qilgan tashriflari maqsadlari to‘g‘risida tushuntirib, ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan hududda mavjud dolzarb muammolar ko‘tarilib, jumladan, ichki ko‘chalarni asfaltlash hamda boshqa masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborish bo‘yicha kelishib olindi. Ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan nazoratiga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar tuman Kengashi deputatlari tomonidan reja asosida mahallalarda doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

Slide 1 of 9