Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
PF-209-SONLI FARMON IJROSI AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla institutining jamiyatdagi nufuzini oshirish va aholi muammolarini bevosita joyida hal etish maqsadida, Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda deputat F.Rahmanov shahardagi «Beshmergan» mahallasida bo‘ldilar. Ular tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalardan birining xonadonida hashar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar davomida deputatlar va mahalla faollari tomonidan xonadon atrofi tartibga keltirildi, tomorqa yerlarida mehnat qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Tadbirning asosiy maqsadi faqatgina jismoniy ko‘mak berish emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaqindan o‘rganish bo‘ldi. 

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining bu kabi tashabbuslaridan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy davlat hokimiyatining ijro hamda vakillik organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hashar ishlari faqat bir martalik aksiya bo‘lib qolmay, balki «Beshmergan» mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni doimiy nazoratga olish va ularni qo‘llab-quvvatlashni tizimli davom
ettirishga zamin yaratdi.
 

Slide 1 of 3