Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Denov mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
Chinoz tumani. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI 

  🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “Adolat” SDP partiyasidan 14-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat Nargiza Abdukadirova nomidan kotibiyat bosh mutaxassisi D. Ulug‘bekova Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.

📝 O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limi mudirasi Shohida Ukiboyeva tomonidan murojaatlar tahlil qilinib, ajrim, tug‘ilish va nikoh masalalari bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 80 ta murojaat kelib tushayotgani ma’lum qilindi. Shundan 11 tasi ajrim bilan bog‘liq murojaatlardir.

📊 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar atroflicha o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunida xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tashkiliy masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5