Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlar va soha mutasaddilari madaniyat maskani faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Alaquyliq mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati o'rganildi
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi 

12-Saidobod saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva hududiga kiruvchi
“Saidobod” MFYda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan mahalla
xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi
o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida mutaxassis tomonidan xotin-qizlar
faolining ish faoliyati tahlil qilinib, mahalladagi ijtimoiy ahvol ko‘zdan
kechirildi.
 

Suhbat va o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi: 

· Bugungi kunda mahallada 170 nafar xotin-qiz
"Ayollar daftari"ga kiritilgan bo‘lib, ular bilan tizimli ishlar olib
borilmoqda.
 

· Oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida
ajrim yoqasiga kelib qolgan 2 ta oila hamda 4 ta notinch oila mavjudligi ma’lum
bo‘ldi.
 

· Mahallada ijtimoiy vaziyat barqaror bo‘lib, norozi
kayfiyatda yuruvchi ayollar mavjud emasligi aniqlandi.
 

Natija: O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan
notinch va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish
yuzasidan xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat hududidagi
ayollar muammolari doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.