Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Deputat nazorati.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish borasida olib borilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan. Shu nuqtai nazardan, bugun 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari hudud deputati kotibiyat mudiri A. Ermatov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova, shuningdek, “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va hokim yordamchisi ishtirok etdi.

Umumiy qiymati 5 milliard 797 million so‘mni tashkil etayotgan loyiha doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotini kapital rekonstruksiya qilish orqali uni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik me’yorlariga to‘liq javob beradigan holatga keltirish ko‘zda tutilgan.

Deputatlik nazorati davomida obyekt hududida bajarilayotgan ishlarning sifati, amaldagi qurilish me’yor va qoidalariga rioya etilishi, belgilangan muddatlar ijrosi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining standartlarga muvofiqligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, pudrat tashkiloti — “TEXNO GEO STROY” MCHJ rahbariyati va mutasaddilari bilan o‘tkazilgan ishchi uchrashuvda loyihaning bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlar dinamikasi, keyingi bosqichlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida sifat, shaffoflik va intizomiy nazoratni kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha amaldagi qonunchilik hamda belgilangan standartlar asosida yakuniga yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati doimiy ravishda olib boriladi.

Slide 1 of 7