Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
#doimiy komissiya ➕ Tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy jihozlar xarid qilish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli oilaviy poliklinikalar hamda statsionar bo‘limlarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala Ishtixon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning 2026-yil 9-apreldagi 2/2958-son bildirish xati hamda Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 7-apreldagi 01-38-300-son xulosasiga asosan ko‘rib chiqildi.

💰 Muhokama davomida Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limiga 300 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi bildirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan oilaviy poliklinikalar va statsionar bo‘limlar uchun quyidagi tibbiy jihozlarni xarid qilish rejalashtirilgan:

▪️ 20 dona EKG apparati (pasport va DMED dasturi bilan);

▪️ 10 dona sentrifuga apparati;

▪️ 20 dona bolalar tarozisi va ростомер.

Mazkur jihozlar tibbiyot muassasalarida bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, kasalliklarni erta aniqlash hamda ayniqsa bolalar salomatligini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i shaxsan ishtirok etmaganligi sababli, ushbu masala qo‘shimcha ravishda aniqlashtirish va mutasaddi rahbarning tushuntirishini eshitish sharti bilan shartli ravishda ma’qullandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4