Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
📋 Mahalladagi dolzarb masalalar deputat nazoratida

📋 Mahalladagi dolzarb masalalar deputat nazoratida

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 22-Oqsaroy saylov okrugi deputati Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich Yunus Rajabiy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda mahalla hududida (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish olib bordi.

📌 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi, xususan mahalla ichki yo‘llari holati, tungi yoritish, yo‘llardagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimlarining ishlash holati, ko‘p qavatli uylarda liftlarning uzluksiz faoliyati va boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar), yerto‘lalari hamda atrof hududlarning tozaligi va yoritilishi, aholining issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlanishidagi mavjud muammolar, parklar, xiyobonlar va yashil hududlarning saqlanishi va obodonlashtirilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, nogironligi mavjud shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi, hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati hamda aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1