Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Deputat axboroti eshitildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich tomonidan 2026-yilning birinchi choragi faoliyati bo‘yicha “Bek-to‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalari saylovchilari bilan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda quyidagi asosiy natijalar taqdim etildi:

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida

✅31 ta qaror qabul qilindi;

✅ 3 ta sessiya va 7 ta komissiya yig‘ilishi tashkil etildi;

✅ 20 ta deputatlik so‘rovi yo‘llandi;

✅ Aholi murojaatlari asosida bir qator muammolar bartaraf etildi.

Tadbir doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi. 

Fuqarolar tomonidan noqonuniy ijara, kanalizatsiya tizimidagi muammolar va ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar kiritildi. 

 Ochiq muloqot jarayonida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar e’tiborga olindi.

Slide 1 of 8