Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Chelong’u MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida..

10-Chilong’u  saylov okrugi deputati M.Bozorov Chelong’u MFYda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish ishlarini doimiy e’tiborga oldi. Shu maqsadda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi  atroflicha o’rganilib, uning faoliyatiga tegishli baho berildi.

O’rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, ularga ko’rsatilayotgan moddiy va ma’naviy yordamlar, ijtimoiy xizmatlarning o’z vaqtida va manzilli yetkazilishi holati ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan har bir xonadon kesimida muammolarni aniqlash, ularga yechim topish, aholi bilan muntazam muloqot o’rnatish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va kelgusida ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha vazifalar belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordamning shaffof, adolatli va manzilli bo’lishi fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar Chelong’u MFYda izchil davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 1