Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.

Davlat rahbarining 2025 yil 18 martdagi 111-sonli Qarori bilan mahallalarda sodir etilgan oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablarini aniqlash, kechiktirib bo’lmaydigan manzilli nazorat tadbirlarini tashkil etish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining "Respublika mahallalarida sodir etilayotgan oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablarini aniqlash, kechiktirib bo’lmaydigan manzilli nazorat tadbirlarini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomani tasdiqdash haqida”gi 17.04.2025 yildagi Qo’shma qarori tasdiqlanib, aniq vazifalar belgilab olinib, unda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilish omillarini bartaraf etish yuzasidan ko’rilgan choralarni tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ko'rib chiqdi.

Mahallalarda sodir etilgan oldini olish mumkin bo’lgan jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, ularning oldini olishda xizmat yoki lavozim majburiyatlarini bajarmagan yoxud lozim darajada bajarmagan huquqbuzarliklar profilaktikasi mas’ullariga nisbatan ko’rilgan choralar, keng muhokamalarga sabab bo’lgan va alohida murakkab jinoyatlar, voyaga yetmaganlar bilan bog’liq jinoyatlar, maktablarda o’quvchilar davomati ahvoli, uzoq muddatga chiqib ketgan, noqonuniy hujralarda tahsil olayotganligi aniqlangan o’quvchilar, "qizil” va "sariq" toifadagi mahallalarning kriminogen vaziyati, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo’yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan chorak davomida ko’rilgan choralar ahvoli, ularning samaradorligi, shuningdek, mas’ul xodimlarning egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligiga oid tavsiyalari asosiy diqqat markazda bo’lib kelmoqda.

Joriy yilning o’tgan 3 oyi davomida bu yo’nalishda muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, ko’rilgan choralar natijasida tumanda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi qotillik, bosqinchilik, og’ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, talonchilik, bezorilik kabi jinoyatlarning sodir etilishiga yo’l qo’yilmadi. 

Slide 1 of 1