Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
Yashil makon sari yana bir qadam

#Yashil_makon #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳 Yashil makon sari yana bir qadam: Katta Qo‘yliqda deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tashabbusi bilan Yashnobod tumani “Katta Qo‘yliq” mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli daraxt ekish va umumxalq hashar tadbiri tashkil etildi

❗️Deputat boshchiligida o‘tkazilgan mazkur aksiya hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga qaratildi. Tadbirga Toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy fakulteti professor-o‘qituvchilari, “Yosh ekologlar qanoti” a’zolari, tuman ekologiya bo‘limi xodimlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, mahalla faollari va talaba-yoshlar jalb etildi.

📝 Aksiya davomida deputat tomonidan hududdagi yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud daraxtlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Xususan, mahalla hududi tozalanib, daraxtlar atrofi yumshatildi va oqlandi, universitet hududiga esa mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔎Tadbir yakunida “Katta Qo‘yliq” mahallasida qariyb 200 tup daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni yanada yashil va obod maskanga aylantirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. Deputat Sevara Fayziyevaning ushbu tashabbusi hudud ekologiyasini yaxshilash bilan birga, jamoatchilikni birlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 10