Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Deputatlar maktab hayoti bilan yaqindan tanishdilar

Tashrif davomida sinf xonalari, kutubxona va o‘quv jarayonining borishi ko‘zdan kechirilib, ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 Shuningdek, 2-aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan maktabning faol va kitobsevar o‘quvchilari ishtirokida “Kitob — hayot sabog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkurini kengaytirish, dunyoqarashni boyitish va ma’naviy barkamollikka erishishdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, mutolaa qilgan insonni na vaqt, na muammo to‘xtata oladi.

 Suhbat jarayonida o‘quvchilarga kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish, hech bo‘lmaganda har kuni bir sahifa kitob o‘qish orqali o‘z ustida ishlash zarurligi bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

 Tadbir yakunida deputatlar o‘z shaxsiy kutubxonalaridan saralangan kitoblarni maktab kutubxonasi fondiga hamda faol o‘quvchilarga sovg‘a qildilar. Bu esa yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 Bunday tashrif va uchrashuvlar yosh avlodni bilim olishga, kitobga mehr qo‘yishga va yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib kamol topishiga zamin yaratadi.

Slide 1 of 1