Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
#24_ta_masala #dastur_ijrosi nazorat_tahlil

✔️Toyloq tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududning turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-392-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

✔️Shu maqsadda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N.Mo‘minova, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Haydarov, Xo‘jaqishloq mahallasi raisi F.Rahmonqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabovalar ishtirokida Xo‘jaqishloq mahallasi hududida joylashgan “Darg‘om” kanali bo‘yida tashkil etilayotgan ekoturizm maskanida o‘rganish ishlari olib borildi. 

 ✔️O‘rganishlar davomida “Sohil bo‘yi” maskani loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha orqali hududda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini yaratish, shuningdek aholi uchun yangi ish o‘rinlarini ochish ko‘zda tutilgan. 

  ✔️Ayni paytda loyiha doirasida infratuzilmani rivojlantirish, dam olish hududlarini barpo etish, turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat mahalliy aholi bandligini ta’minlash, balki hududning investitsion jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi. 

  ✔️Ma’lum qilinishicha, “Sohil bo‘yi” ekoturizm maskani 2026–2027 yillar davomida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida Toyloq tumanida turizm sohasi yanada rivojlanib, aholi farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4