Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Oltinko'l tumani 3-son texnikumida yoshlar ongida yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar va jaholatdan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Oltinko'l tumani 3-son texnikumida yoshlar ongida yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar va jaholatdan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. 

Mazkur tadbir davomida Oltinko‘l tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D. Muxtorov, FHDYO mudirasi G. Musayeva, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri U. Xolmatov hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha katta leytenant R. Jo‘rayevlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy va ma’naviy meros, hamda bugungi globallashuv davrida bilimli va tafakkuri keng yoshlarni tarbiyalashning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida yoshlarni ma’naviy barkamol, vatanparvar va bilimli shaxslar etib tarbiyalashda ma’rifatning o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor e’tirof etilib, ularni doimo ilm izlashga, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga va yuksak ma’naviyat yo‘lidan borishga chorlandi.

Slide 1 of 7