Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa
янв.21
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.
янв.21
📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xotin-qizlarimiz ham faollik ko`rsatmoqda
янв.21
Kitob tumanidagi "Qabri Oxun" ziyoratgohi va unga tutash bo‘lgan hududlar obodonlashtiriladi
янв.20
«ЯШИЛ МАКОН» УМУММИЛЛИЙ ЛОЙИҲАСИНИ ИЗЧИЛ АМАЛГА ОШИРИШ, ЭКОЛОГИК БАРҚАРОРЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ
янв.20
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan.

#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov hamda bosh mutaxassis D.Sodiqjonov tomonidan Andijon shahridagi “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan Amir Temur shox ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish komplekslari qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qurilish ishlari belgilangan reja-grafik asosida olib borilayotgani, ishlarning sifati va sur’ati talab darajasida ekani alohida qayd etildi. Shuningdek, obyektlarda barcha zarur sharoitlar yaratilgani, qurilish jarayonlari tartibli va tizimli yo‘lga qo‘yilgani kuzatildi.

Umuman olganda, mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 10