Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🐄 Chorvachilikni rivojlantirish – ustuvor vazifa
янв.21
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.
янв.21
📩 Xalq qabulxonasi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xotin-qizlarimiz ham faollik ko`rsatmoqda
янв.21
Kitob tumanidagi "Qabri Oxun" ziyoratgohi va unga tutash bo‘lgan hududlar obodonlashtiriladi
янв.20
«ЯШИЛ МАКОН» УМУММИЛЛИЙ ЛОЙИҲАСИНИ ИЗЧИЛ АМАЛГА ОШИРИШ, ЭКОЛОГИК БАРҚАРОРЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ
янв.20
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

#Andijon_shahar #deputat_faoliyati #xalq_bilan_muloqot #deputat_hududlarda #26_mart

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv Andijon shahridagi “Madaniyat” mahallasida tashkil etilib, unda mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaat va takliflari bevosita tinglandi. Mazkur muloqotda shahar Kengashining 23-Ittifoq saylov okrugi deputati Usmonjon Shokirov ham faol ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar — infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llar holati, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, kadastr bilan bog‘liq muammolar, shuningdek bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. 🏗⚡️

Har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqilib, 12 nafardan ortiq fuqarolarning masalalari joyida ijobiy hal etildi. Qolgan, ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 📋

Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤝

Slide 1 of 9