Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Deputat mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi

Qozoq Nayman mahallasida olib borilayotgan ijtimoiy ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalla ijtimoiy xodimi Mamadaliyeva Muqaddasning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan yordam va amalga oshirilayotgan loyihalar atroflicha o‘rganildi.

Muqaddas Mamadaliyeva tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy muammolarni hal etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi. Bu kabi tashriflar hududlarda ijtimoiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 1