Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tashabbusi bilan tumandagi Inson ijtimoiy xizmatlari markazida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 Bugun Toshloq tuman hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar faollari hamda
tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
 

Sessiya kun tartibidagi quyidagi masalalar yuzasidan Toshloq tumanini 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “2024 yilda investitsiya,eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hamda vazirlik va idoralarning ustuvor vazifalari” mavzusida o‘tkazilgan 2024-yil 18-yanvardagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni tumanda ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash, tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritish
ro‘yxati va muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.
 

Shuningdek, tumandagi Alisher Navoiy ko‘chasidagi ma’nan eskirgan ikki qavatdan iborat uylar o‘rnida renovatsiya usulida ko‘p
qavvatli uy-joylar qurish, nomsiz qabriston va ziyoratgohlarni nomlash, tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Toshloq tumanida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-hususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli qarorini ijrosi, tumanda keksa avlod vakillarining hayot sifati va ularning uzoq umr ko‘rish darajasini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va boshqa bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
 

Kun tartibidagi masalalar muhokama etilib, savol va takliflar berildi. Qaror loyihasi tayyorlanib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.  

Slide 1 of 10