Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
янв.21
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
янв.21
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
янв.21
KITOB TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
Fuqarolar qabuli

Fuqarolarning kundalik turmush tarzini tizimli ravishda o'rganish, bu borada aniqlangan muammolarni manzilli ravishda bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida tumanimiz bo'ylab joylarda sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Ana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga MTDP dan saylangan deputat Norbobo Soatov tashabbusi bilan Oqoltin tumanidagi Madaniyat binosida Alisher Navoiy, Yangi davr va Ko'rkam diyor MFY aholi muammolari oʻrganish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 15 nafardan ortiq fuqarolarning uy-joy olish tartibi, salomatligini tiklash yuzasidan o'zlarini qiynayotgan bir qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo'yicha koʻrsatmalar berildi. Qabul jarayonida ularning salmoqli qismi joyida hal qilinib, qolganlari qat'iy nazoratga olindi, mas'ul mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1