Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
янв.21
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
янв.21
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

  Joriy yilning 27-dekabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya kun tartibiga asosiy masalalar muhokama
qilindi:
 

1. Farg‘ona tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida; 

2. “2023-yilda Farg‘ona tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tayyorlangan “Yo‘l
xarita”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi ;
 

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevral kungi Farmoni bilan tasdiqlangan
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi
yuzasidan tumanda joriy yilning 10 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar
to‘g‘risida;
 

4. Farg‘ona tumanidagi 4-bosqich Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarni Ayollar
daftaridan chiqarish to‘g‘risida;
 

Ushbu sessiyada har doimgidek tanqidiy muhokamalarga
to‘la bo‘lgan yana bir masala, ya’ni “Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman
Gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashiga umuman hisobot
topshirmayotganligi sababli “Taqdimnoma” kiritish to‘g‘risida”gi masala
kiritilib, ushbu sessiya qarori bilan tuman Gaz tarmoqlari korxonasi birinchi
bor sessiyada ishtirok etayotganligi bo‘lganligi sababli “Ogohlantirish”, tuman
elektr tarmoqlari korxonasi rahbarini o‘z lavozimidan ozod qilish bo‘yicha
“Taqdimnoma” chiqarish yuzasidan qaror tasdiqlandi.
 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, N.Isakov, F.Mirzayev, R.Karimov,
O.Madumarov, A.Erkaboyev, M.Yo‘ldashevlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar va taklif berildi.
 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar
tasdiqlanib, qabul qilindi.
  

Slide 1 of 1