Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda.

  Ko‘pni ko‘rgan nuroniylar tajribasi yoshlar uchun katta ibrat maktabidir. Mamlakatimizda Prezident tashabbusi bilan “Uch avlod” uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda bunday uchrashuvlar o‘quvchi-yoshlarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Muloqot davomida o‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish - kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi. Bunyodkorlik ishlariga tomoshabin bo‘lib emas, kamarbasta bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik bilan yashash esa yoshlarning burchidir. 

Romitan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 16-umumta’lim maktabida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi” g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” ma‘naviy-ma‘rifiy tadbiri o’tkazildi. 

Tadbirda tuman Nuroniylar kengashi raisi O.Jumayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Atoyeva, tuman hokimi maslahatchisi G.G‘iyosova, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi R.Barnoeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi G.Sharopovalar shuningdek ushbu maktabda ko‘p yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan nuroniy ustoz murabbiylar, Navbahormahalla fuqarolar yig‘ini faollari va maktab jamoasi ishtirok etdi.  

Slide 1 of 1