Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputatlik nazorati doirasida bozorlar faoliyati o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida bozorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova Yangihayot mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda hududdagi bozorlarda deputatlik nazorati tadbirini o‘tkazdi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar yetarliligi, savdo jarayonlaridagi holat hamda narxlarning sun’iy oshirib yuborilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo shoxobchalari faoliyati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–1023, 2025-yil 3-fevral) mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Qonunda belgilangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha talablar hamda mas’uliyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Bunday deputatlik nazorati tadbirlari bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini nazorat qilish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5