Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
DEPUTATLAR NAZORATIDAGI MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

DEPUTATLAR NAZORATIDAGI MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda deputat S. Ikromov hamda mutaxassis T.Murodov Sabzipoya MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan tegishli tartibda deputatlik so‘rovi chiqargan edi.

Murojaatda mahallada aholi soni va yangi xonadonlar ko‘payib borayotgani sababli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar hamda quvvat yetishmovchiligi kuzatilayotgani qayd etilgan.

Mazkur murojaat asosida hududga yangi transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, u foydalanishga topshirilmagan edi. Deputatlar tomonidan olib borilgan nazorat va sa’y-harakatlar natijasida ushbu masala o‘z yechimini topdi.

Bugungi kunda Sabzipoya MFY hududida yangi beton elektr ustunlari hamda transformator o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Natijada hudud aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji yanada sifatli va barqaror ta’minlanadigan bo‘ldi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va joylardagi muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 4