Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Masalalar avval joyida o‘rganilmoqda, so‘ng sessiya muhokamasiga olib chiqilmoqda

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, tegishli ijro organlari vakillari hamda 4-"Bo‘ston" saylov okrugidan saylangan deputat G.Abramatova ishtirokida Jayhun mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi Yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🔹 Xususan, Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni bandlikka jalb etish, ularning muammolarini o‘rganish, "Yoshlar balansi"ni yuritish hamda davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash ishlarining holati ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda mazkur jarayonlarning qonuniyligi va shaffofligi o‘rganildi.

Mas’ullar mahalladagi mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilib, hujjatlar yuritilishi, elektron tizimlardan foydalanish holati va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga baho berdilar. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

📌 Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalarni aniq dalillar va tahlillar asosida ko‘rib chiqish, qabul qilinadigan qarorlar samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4