Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamda bunday holatga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarga mahalla darajasida ko‘rsatilayotgan professional ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi. Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlar hamda aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sohaga oid ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda xizmatlar sifati yuzasidan ham tegishli tavsiyalar bildirildi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3