Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

Shirin shahar hokimi Dilfuza Kambarova hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov Mirzo Ulug‘bek mahallasida qarovsiz holga kelib qolgan bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirib, mavjud vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida maydonchaning bugungi holati tahlil qilinib, uni obodonlashtirish, nosoz o‘yin jihozlarini ta’mirlash yoki yangilash, hududni tartibga keltirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga bolalar maydonchasini qisqa muddatlarda tartibga keltirish, zarur ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun zamonaviy, xavfsiz va shinam dam olish maskanlarini yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 2