Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ilhom Karabayev tashabbusi bilan 49479-harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yosh askarlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, yuksak ma'naviyat, fidoyilik va mas'uliyat tuyg'ularini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritildi. Shuningdek, harbiy xizmatning sharafli va mas'uliyatli burch ekani, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishning ulug' qadriyat ekani alohida ta'kidlandi.

Ochiq muloqot ruhida o'tgan davra suhbatida yosh askarlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, xalq va davlat oldidagi mas'uliyat hissini yanada mustahkamlash, ularni yurt ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3