Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tumanning “S.Raximov” mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan o‘rganildi.

🔺Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi ko‘p sonli fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlari asosida “B.Mashrab” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlar tashabbusi bilan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha maqsadli ro‘yxatga kiritilib, Kengashning tegishli qarori qabul qilingan edi. Asfaltlashtirish ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilgan.

🔺Bugungi o‘rganish davomida yo‘l infratuzilmasining holati, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda asfalt qoplamasining amaldagi me’yor va talablarga muvofiq yotqizilishi ko‘zdan kechirildi. Aholi va aynan shu hududda joylashgan politexnikum talabalari uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, transport qatnovini yengillashtirish hamda mahallaning obod qiyofasini yanada yaxshilash asosiy maqsad etib belgilangan.

🔺Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazib, ishlarni yuqori sifatda, belgilangan muddatlarda yakunlash, aholiga noqulaylik tug‘dirmaslik hamda yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 3