Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ra’no Xursanovna Istanaqulova Angor tumanidagi 7-Yangiobod saylov okrugiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputatga Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov hamrohlik qildi.


Dastlab “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O‘ktam Qoroboyev tomonidan mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputat mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, aholining daromad manbalarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida deputat mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning natijadorligini alohida e’tirof etdi.

Slide 1 of 1