Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.

Ayni damda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10-At-Termiziy saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Eminovning tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Tashrif davomida deputatga Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov hamrohlik qildi.

Uchrashuv avvalida “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zavqiddin Abdurahmonov tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy muhitni yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil boshida mahallada 34 nafar ishsiz xotin-qiz mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 4 nafargacha qisqargan.Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda manzilli xizmatlar ko‘lami haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mahallada profilaktik tadbirlarning samarali tashkil etilgani, hududning bugungi kunda “yashil hudud” sifatida e’tirof etilayotgani qayd etildi.Tashrif yakunida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, aholi farovonligini yanada oshirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1