Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhitni tahlil qilish, kutubxona fondining holati, xizmat ko‘rsatish sifati hamda yoshlar tomonidan undan foydalanish darajasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Jarayon davomida kutubxonada mavjud kitob fondi, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, yoshlar uchun yaratilgan o‘quv va dam olish sharoitlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, kutubxona faoliyatini mahalla hayotining faol markaziga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbuslar Yuksalish MFY hududida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4