Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tomonidan Uzun tumani Navro'z mfyda Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–561-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Deputatlik nazorati davomida bo‘lim tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, muammolarini o‘rganish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, murojaatlar bilan ishlash holati, profilaktik tadbirlarning samaradorligi va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi. Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sohada olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonun ustuvorligi, inson qadri va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi bunday nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.