Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputatlar nazorati: O‘rganishlar “Uzun qishloq” MFYda davom etmoqda

Deputatlar nazorati: O‘rganishlar “Uzun qishloq” MFYda davom etmoqda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi masalalarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni ijrosi doirasida hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘rganish tuman Kengashi ishchi guruhi va soha ekspertlari tomonidan “Uzun qishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi.

📊 Mahalladagi soliq tushumlari tahlil qilindi
Ishchi guruh a’zolari “Uzun qishloq” MFYda 10 foizlik soliq tushumlarining shakllanishi, soliq bazasini kengaytirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.

Asosiy maqsad: Soliq tushumlaridan kelib tushadigan mablag‘larning mahallaning o‘zida to‘g‘ri va samarali taqsimlanishi, bu orqali aholini qiynab kelayotgan ichki yo‘llar, chiroqlar va boshqa ijtimoiy-infratuzilma muammolarini hal etish choralarini ko‘rishdan iborat.

📝 Sessiya muhokamasiga tayyorgarlik
“Uzun qishloq” MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, zaxiralar va mahallani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar jamlandi.

Mazkur tahliliy ma’lumotlar deputatlar va ekspertlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun rasmiylashtirildi.