Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputat so‘roviga rasmiy javob berildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov tomonidan Guliston MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan diametri 150 mm bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvurini yer ustiga chiqarish masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi.

Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali G‘ozg‘onshahargaz gaz ta’minoti uchastkasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala belgilangan reja asosida ko‘rib chiqilib, amaliy ishlar bajarilgan.

Xususan, mazkur gaz quvuri to‘liq yer ustiga chiqarilib, texnik talablar hamda xavfsizlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirildi. Shuningdek, quvur tarmog‘ining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli texnik ko‘rik va nazorat ishlari ham olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisini tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlari va hududlarda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6