Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Mahalladagi mikroloyiha faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov mahalla hokim yordamchisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida tashkil etilgan “CareDent” bolalar stomatologiya klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Klinikada bolalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati hamda foydalanishga topshirilgan tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirildi.

Muassasada yosh bemorlarga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda stomatologik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar alohida e’tirof etildi.

Suhbat davomida mikroloyiha tashabbuskorlari bilan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rivojlantirish rejalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, bunday mikroloyihalar nafaqat aholini zarur xizmatlar bilan ta’minlash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunida hududda aholi uchun qulay va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2