Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Mahallada ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish va fuqarolarni daromadli mehnat bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra mahallada 56 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan tizimli ishlar natijasida ularning 22 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan.

Fuqarolarni bandlikka jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida mahallada qolgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda manzilli ishlash orqali bandlik ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahallada ishsizlikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolar bilan individual ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish – mahallalarni rivojlantirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3