Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Mamatkulov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan rasmiy ma’lumot taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Muqimiy” va “Shikorbegi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, bolalarni ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga elektr yuritmali va oddiy nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, qo‘ltiq-tayoqlar, protez-ortopediya vositalari hamda boshqa reabilitatsiya texnik vositalari yetkazib berilgan. Natijada 14 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning doimiy bandligi ta’minlanib, ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va kasb-hunar imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, davolanish va uy-joyni ta’mirlash uchun moddiy yordamlar ajratilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy nafaqa va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan monitoring davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5