Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil
8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Mazkur ish reja tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan.

✅Ish rejasiga muvofiq, deputatlar tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish va hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.

✍️Shuningdek, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish, ijro intizomini mustahkamlash va monitoring tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish belgilangan.

✍️Ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash maqsadida Kengash faoliyati ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib boriladi. Fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish ham ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

✅Bundan tashqari, deputatlik odobi va faoliyatini tahlil qilib borish, deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish, hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

✅Mazkur ish rejaning izchil ijrosi orqali tumanda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 1