Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
📌 Aholi murojaatlari – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda Mahallalarning moliyaviy ta’minotini ta’minlash va fuqarolar tashabbusli budjeti jarayonlarini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh mutaxassisi Qurbonov Mashxurbek Normuxammadovich tomonidan Shovot tumanining Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqarolarning ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasidagi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisining mazkur masaladagi taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolarga ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli takliflar kiritilishi bilan bir qatorda, ushbu tashabbusni “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihalari doirasida ham ilgari surish mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarga tashabbusli budjet jarayonlarida faol ishtirok etish, loyiha taklifini platformaga kiritish hamda keng jamoatchilik ovozini to‘plash orqali mahalla infratuzilmasini yaxshilash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2