Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy muammolar, oila mustahkamligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida joriy yilning o‘tgan davrida mahallada ajrimlar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan oshgani qayd etildi. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ko‘paygani ta’kidlandi.

Uchrashuvda erta ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat Nafisa Qurbonova tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv mahallada xotin-qizlar faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 1