Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.

Oʻrganishda deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Aholi vakillari, avvalo, mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi masalasi muhokama qilindi. Fuqarolar ayrim hududlarda yoritish moslamalarining yetarli emasligi yoki eskirgani sababli kechki paytlarda noqulayliklar yuzaga kelayotganini bildirdilar. Deputat tomonidan ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Aholi kuz qish mavsumida ayrim hollarda elektr energiyasi kuchlanishining pasayishi yoki uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda mavjud holatni tahlil qilish va zarur texnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Deputat X.Abdurahmonov ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 4