Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tumanning “Chinor” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Kengash raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilikka moyil shaxslar, muqaddam sudlangan fuqarolar, ijtimoiy xavfli ahvoldagi oilalar, ishsiz yoshlar hamda profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligiga baho berildi.

🔺Deputat tomonidan mahalla hududida o‘rnatilgan videokuzatuv vositalari, ko‘cha yoritish tizimi, jamoat tartibini saqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, jinoyatchilikning oldini olish ishlarida sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, muammoli oilalar va xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan individual ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2