Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Kotib

❤️ Har bir tomchi qon — bir inson hayoti demakdir.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida navbatdagi xayriya tadbiri tashkil etildi.

🩸 Toshkent shahar Qon preparatlarini tayyorlash ilmiy markazi hamda MMFI MTYU universitetida o‘tkazilgan tadbirda “Adolat” SDP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Aygul Pernebekova, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari Shoanvar Shomaxmudov, Botir Nurmatov va Shavkat Abdukamilov nafaqat tashkiliy ishlarda faol qatnashib, balki shaxsan o‘zlari ham donor sifatida qon topshirdilar.

👥 Aksiyada 100 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.

🩸 67 nafar donor qon topshirdi.

❤️ Natijada 16 litr qon zaxirasi shakllantirildi.

📸 Tadbir davomida donorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, qon topshirish jarayonlari malakali mutaxassislar nazorati ostida tashkil etildi. Aksiya samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, fuqarolarning insonparvarlik va hamjihatlik fazilatlarini yana bir bor namoyon etdi.

👶 Mazkur tashabbus davolanish jarayonida qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyoj sezayotgan bolajonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda.

🙏 Ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha donorlar va tashabbuskorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

✨ Beg‘araz donorlik — hayotga berilgan eng qimmat sovg‘adir.

Slide 1 of 4