Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA "MAHALLABAY" ISHLASH TIZIMI NAZORATDA: HOKIM YORDAMCHISI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Xolmuminov uchinchi sektor hududiga kiruvchi “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ikki muhim mas’ul — hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬 Tadbir davomida mahalla hayoti va osoyishtaligida tayanch bo‘g‘in hisoblangan ushbu mas’ullarning faoliyati mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan:
🟢Hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini kasb-hunarga yo‘naltirish, "Ayollar" va "Yoshlar" daftarlaridagi fuqarolarga imtiyozli kredit hamda subsidiyalar ajratilishining manzilliligi tahlil qilindi.
🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati bo‘yicha: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniyat to‘garaklariga jalb qilish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash hamda "Beshta muhim tashabbus" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

💬 Deputat o‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ish samaradorligini yanada oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarga to‘xtalib o‘tdi. Faoliyatni tizimli tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda "yettilik" tizimida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.