Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Muqimiy bog‘ida ekologik madaniyat targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tashabbusi bilan Muqimiy bog‘ida “Tabiatni asraylik!” shiori ostida ekologik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, Kengash kotibiyati mudiri, “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari faol ishtirok etishdi.

Tadbirda shahar Kengashi deputatlari, nuroniylar, faol yoshlar hamda ko‘ngilli volontyorlar ishtirok etib, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

Aksiya davomida bog‘ hududi chiqindilardan tozalandi, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ishtirokchilar tomonidan tabiatni asrash, ekologik muvozanatni saqlash va jamoat joylarini ozoda tutish borasida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Tadbir yakunida ekologik madaniyatni shakllantirish, yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar nafaqat shahrimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga, balki fuqarolar orasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz! Muqimiy bog‘i va shahrimiz ozodaligini birgalikda saqlaylik! 🇺🇿

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9