Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Z.Domilayev olib bordi.

Yig'ilishda shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig'i M.Mo'minov 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha hisobot taqdim etdi.

Yigʻilishda joriy yil birinchi choragida elektr energiyasi ta'minoti darajasi va aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qondirish borasidagi ko'rsatkichlar tahlil qilindi.

Shuningdek shaharda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar va erishilgan natijalar, elektr energiyasidan samarali foydalanishni oshirish bo'yicha qilingan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida komissiya a'zolari taqdim etilgan hisobot bo'yicha savol va takliflarini bildirdilar. Sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusi davrda energiya ta'minotini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5