Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
QUYUN MFY HUDUDIDA AVTOBUS BEKATI YANGILANDI

QUYUN MFY HUDUDIDA AVTOBUS BEKATI YANGILANDI

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining 7-Quyun saylov okrugi deputati Mirzavaliyev Abbos Shavkatovich tomonidan aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish natijasida Quyun mahallasi hududida joylashgan avtobus bekatining nosoz holatda ekani aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, bekat holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida uzoq yillar davomida foydalanib kelingan, eskirib qolgan avtobus bekatini zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etish zarurligi belgilandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida eski avtobus bekati demontaj qilinib, uning o‘rniga aholi uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi va zamonaviy avtobus bekati o‘rnatildi. Yangi bekat fuqarolarning jamoat transportini kutish jarayonida qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Ushbu amaliy ish mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududni obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlardan biridir.

Deputat Mirzavaliyev Abbos Shavkatovich tomonidan saylov okrugidagi ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish, aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish va hududlarni yanada obod qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3